Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Aholi bilan muloqot: Sardoba tumanida muammolarning samarali yechimi
Prezident tashabbusi bilan vazirlik va idoralar, viloyat hamda tuman sektor rahbarlaridan tashkil yetilgan ishchi guruhi tomonidan Sardoba tumanida aholi muammolarini o‘rganish hamda hal yetish bo‘yicha sektorlar kesimida “mahallabay” ishlar olib bormoqda.

Aniqlangan bir qator muammo va kamchiliklar qisqa muddatda o‘z yechimini topdi. Xususan:

➖12,8 km ichki yo‘llar taʼmirlandi;

➖ 5 689 dona gaz ballon (114 tonna) almashtirildi, 30 ta gaz taqsimlash punkti va 3 057 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

➖ 4 ta transformator, 72 ta temir-beton ustunlar o‘rnatilib 1,8 km elektr tarmog‘i tortildi;

➖ Navro‘z, Birlashgan, Paxtakor va Fayzliobod mahallalarida 5 km optik tolali aloqa tarmog‘i taʼmirlandi;

➖ Ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha 35 tonna ko‘mir tarqatildi;

➖ 1 963 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Turli kasalliklar aniqlangan 48 nafar fuqaro shifoxonalarga yotqizildi, 4 nafarida respublikadan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 15 nafariga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi. Ambulator davolanish tavsiya etilgan 94 nafar ehtiyojmand fuqaro bepul dori-darmon bilan taʼminlandi;

➖ 15 ta mahallada stritbol, 9 ta mahallada stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda 704 nafar yosh qamrab olindi;

➖ 5-umumtaʼlim maktabiga 370 million so‘mlik kompyuter jihozlari va sensorli monitor vaucheri topshirildi. Shuningdek, 10 ta maktabga 2,5 million so‘mlik badiiy adabiyotlar to‘plami, sport maktabiga 57 million so‘mlik 129 dona sport anjomlari yetkazib berildi;

➖ 76 nafar ishsiz fuqaroning 8 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 12 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 23 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va 33 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi;

➖127 nafar fuqaroga 2,9 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Shundan 315 million so‘mini 41 nafar talabaga berilgan taʼlim krediti tashkil etadi;

➖ “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 13 nafar talaba yoshning 34 million so‘m shartnoma puli to‘lab berildi;

➖ “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 28 nafar xotin-qizlarga 5 yillik ijara shartnomasi asosida ijtimoiy uy-joylar ajratildi;

➖ Navro‘z va Quyitosh mahallalarida yashovchi 3 nafar xotin-qizga 5,7 million so‘mlik uy-joy ijara pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, tumandagi yana bir qator muammolarni bartaraf yetishga qaratilgan manzilli dastur belgilab olindi.

Ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish