Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Oilaviy bolalar uylarida o‘zgacha bayram shukuhi hukmron

Mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar alohida eʼtiborga olingan. Davlat tomonidan berilgan imtiyozlar natijasida bunday bolalarni o‘z bag‘riga olayotgan oilalar ortib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda viloyatimizda 8 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilib, 48 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyaga olingan.

Yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, sektor rahbarlari va nuroniylar hamrohligida mazkur oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Viloyat hokimi Sirdaryo viloyatida respublikada birinchilardan bo‘lib "Bolalar shaharchasi" yopilib, ularning tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga olinganini qayd etdi.

Shuningdek, bag‘rikeng oilalar ota-onasi mehridan ayrilgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olganini qahramonlik deb atab, ularga minnatdorchilik bildirdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish