Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ishlar sarhisobi
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasida 2022 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, markazda kasb o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Shuningdek, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashuv markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Matbuot anjumanida viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyevaning hisoboti tinglandi.

– Xotin-qizlar ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan saʼy-harakatlar opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirishga, turmush farovonligini yuksaltirishga imkon yaratmoqda, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari N.Tojiboyeva. – Sirdaryo viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tuman-shaharlarda tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan 10 234 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, 5 562 nafariga imtiyozli kredit ajratildi. Joriy yilda 6641 nafar xotin-qiz tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, ular tomonidan 11 979 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish