Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sektor rahbarlari aholi muammolarni o‘rganmoqda
Viloyat sektor rahbarlari tomonidan Guliston dehqon bozorlaridagi tozalik, mahsulotlar narx-navosi, shuningdek, shahardagi qator korxonalar faoliyati hamda ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi.

Bozorlardagi savdo madaniyati, tozalik, tartib va narx-navo aholi kayfiyatini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Shu sababli shahar mutasaddilari hamda bozor maʼmuriyatiga sotuvchi va xaridorlarga qulayliklar yaratish, narxlarni belgilashda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda tozalikni saqlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng “Guliston ekstrakt yog‘” OAJ korxonasi va korxona binosida ijara asosida joylashtirilgan "Sharq tekstilMCHJga qarashli tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Fabrika rahbari tomonidan ko‘tarilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni hal etish yuzasidan masʼullar belgilandi.

“Bog‘ishamol” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish borasida qilinayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirish asnosida aholi vakillari bilan suhbat qilindi. Ularning ichki yo‘laklar holatini yaxshilash, bolalar maydonchasini qurish borasidagi murojaatlari tinglandi. Mazkur masalalarni ijobiy yechimi borasida qisqa muddatlarda amaliy harakatlar boshlanishi taʼkidlandi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida 2022-2023 yillar qish va bahor mavsumi uchun jamg‘arilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi ham sektor rahbarlari eʼtiborida bo‘ldi. Ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga hududlardagi tomorqa yer egalari bilan aloqa o‘rnatgan holda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga zaxira yana-da ko‘paytirish tavsiya etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish