Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan noyabr oyining o‘zida 824 ta oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilning noyabr oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 824 nafar fuqaroga 393 million 857 ming so‘mlik turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan, viloyatda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz fuqarolarning 822 nafariga 376 million 530 ming so‘mlik un mahsulotlari, sog‘lig‘ini tiklash uchun dori-darmon vositalari ko‘rinishida yordam berilgan bo‘lsa, salomatligida muammosi bo‘lgan “Temir daftar”da turuvchi 2 nafar fuqaroga davolanishi uchun 17 million 327 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish