Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Umumtaʼlim maktabida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Joriy yil 10 iyunda muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish borasida qator tavsiya va topshiriqlar berilgan edi.

Unga muvofiq taʼlim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib Shirin shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi binosida quvvati 15 kVt/s bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 25 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu maktab binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiya bilan taʼminlash, shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkonini beradi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish