Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
8 oy davomida viloyatda jami 15 456 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi

Ularning 29 foizi yoki 4 499 tasi yashil yo‘lakdan,48 foizi yoki 7479 tasi sariq va 23 foizi (3 478 tasi) qizil yo‘lakdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida 1048 ta deklaratsiya inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi.

O‘tgan vaqt davomida undirilgan bojxona to‘lovlari natijasida davlat byudjetiga 424,11milliard so‘m miqdordagi pul mablag‘lari o‘tkazildi. Qolaversa, “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali jami 438 ta bojxona yuk deklaratsiyalarida xavf aniqlanib, 11,3milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishi taʼminlandi.

Shuni ham taʼkidlash lozimki, shu kungacha tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan ishlab chiqarilgan 202 million AQSH dollaridan ziyod mahsulot xorijiy davlatlarga eksport qilinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish