Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi
Maʼlumki, har yili mamlakatimizda 20 avgust sanasi Tadbirkorlar kuni sifatida nishonlanib, shu kuni davlatimiz rahbarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi davlatimiz rahbari bilan bo‘ladigan tadbirkorlarning uchrashuvi oldidan viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning faoliyati bilan bog‘liq muammolari doimiy ravishda o‘rganilib kelinmoqda.   

Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Mega luks” korxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan ustuvor vazifalar, tadbirkorlik faoliyati rivoji uchun qaratilgan eʼtibor va rag‘bat xususida so‘z yuritildi.

Muloqotda Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, tadbirkorlarning takliflari eshitildi. Maqsad, shu yerning o‘zida yechimi topiladigan masalalarni hal etish hamda respublika darajasiga olib chiqiladiganlarini ro‘yxatga olishdan iborat.

Uchrashuvda murojaatlarning aksariyatlariga joyida o‘z yechim topildi. Yer ajratish va biznes uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan yuqori tashkilotlarga asosli takliflar kiritish belgilab olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish