Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Aholini roʻyxatga olish — kelajak sari  yangi qadam 

Barchamizga maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olish jarayonlari amalga oshiriladi.Ushbu jarayonni amalga oshirish yuzasidan “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”, 2019-yil 5-fevral PF-5655-son Farmon,  “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 16-martdagi 611- sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori qabul qiingan. Roʻyxatga olish jarayonlari 2023-yil noyabrʼ oyida amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan:

  • 1 - 5-noyabr kunlari: Internet tarmogʻi orqali aholini roʻyxatga olish;
  • 6 - 10-noyabr kunlari : Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtgan respondentlar va  ularning uy manzillari roʻyxatini shakllantirish;
  • 11 - 22-noyabr kunlari : Aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllari asosida uyma-uy yurib aholini roʻyxatga olish;
  • 23 - 25-noyabr kunlari Har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganish  asosida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

2023-yilda axolini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan viloyatimizning barcha maxallalarida, turli tashkilotlarda, oliytaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablarida seminarlar va davra suxbatlari tashkil etilib, gazeta va jurnallarda va  OAVlarida ham chiqishlar tashkil etildi. 2021-yil davomida 12 marotaba viloyat teleradiokanali orqali videolavxa tayyorlanib efirga uzatildi. 22 marotaba radioga chiqishlar qilindi. 56 marotaba gazeta va jurnallarda maqolalar chop etildi. Viloyatimizdagi barcha axoli punktlarining xaritalari oʻrganib chiqildi.

Ushbu tadbirlarda aholini roʻyxatga olish mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir boʻlib, uning oʻtkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼiy nazar birdek manfaatdormiz.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish