Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qahramonlarni yodga olib... 
Bundan roppa-rosa 70 yil muqaddam, 16-aprel kuni Guliston tumani tashkil topgan.

Bir paytlar qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadigan Mirzachoʻlni oʻzlashtirish uchun birinchilar qatorida kelib, shu yerda yashab, fidokorona mehnatlari bilan halq ogʻziga tushgan koʻplab kishilarni bilamiz. Ularga Ikkinchi jahon urushidan keyin “Mehnat Qahramoni” va Mustaqilligimizning dastlabki yillarida “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berildi. Birgina Guliston tumanida 9 nafar ana shunday oʻzbek qahramoni istiqomat qilib, oʻzining munosib mehnati bilan el ardogʻida boʻlgan.

Bugun tarix yana bir marotaba yodga olindi.  Ezgu ishlari bilan koʻpchilikka namuna boʻlgan qahramonlar hayotini esga olib, yaqinlariga hurmat va ehtirom koʻrsatish maqsadida tadbir tashkil etildi. Ulugʻ ayyom kunlarida yozilgan iftorlik dasturxoni atrofida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, mehnat qahramonlarining oila aʼzolari, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy jabhalarda yosh avlod vakillariga oʻrnak boʻlayotgan keksa avlod vakillari hamda yoshlar jam boʻldilar.

Tadbir davomida qahramonlarning ibratli hayoti, vatanimiz ravnaqi, uning saodati, yurt kelajagi, shahar va qishloqlarimiz obodligi yoʻlida qoʻshgan munosib hissalarini oʻzida aks ettirgan videofilmlar namoyish etildi. Vatan, uning kelajagini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish