Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi toʻqimachilik klasteri rahbari Abduraxmanov Dilmurod Xolyigitovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlov viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda eʼlon qilindi.

Dilmurod Abduraxmanov 1983-yilda Xovos tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

“Shuhrat” medali sohibi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish