Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Tarbirkorlar muammolari manzilli oʻrganilmoqda
Davlatimiz rahbarining taʼbiri bilan aytganda “Tadbirkorning dardi bilan yashamagan rahbar hozirgi siyosatni tushunmagan rahbar boʻladi.”

Yaqinda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, biznesni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham tadbirkorlarni yanada qoʻllab-quvvatlashga doir muhim vazifalar belgilangan edi.

Mazkur masala yuzasidan tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab quvvatlash hamda hozirgi vaqtda ularning muammolarini oʻz vaqtida bartaraf qilish boʻyicha bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, viloyatda tadbirkorlar muammolarini tezkorlik bilan hal qilish boʻyicha viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shtabi” tashkil etildi.

Shtablar tomonidan doimiy ravishda viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini koʻpaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita manzilli oʻrganish maqsadida sayr uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu kunga qadar shtabga 400 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 350 tasi yuzasidan viloyat miqyosida hal boʻlishini inobatga olgan holda chora-tadbirlar belgilangan boʻlib, qolgan 50 taga yaqin tadbirkorlar murojaati respublika darajasida hal boʻlishini koʻzda tutib yuqori turuvchi idoralardan muammolarga yechim topishda amaliy yordam soʻraldi.

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra, bugun Respublika Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari B.Zoxidov rahbarligidagi ishchi guruh tadbirkorlar murojaatlarini tadbirkorbay oʻrganish maqsadida viloyatga tashrif buyurdi. 

Ishchi guruh aʼzolari viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev bilan birga tadbirkorlarning mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganib, vaziyatni oʻz koʻzlari bilan koʻrib masalalarga zudlik bilan yechim topmoqdalar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish