Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoning Shirin shahri O‘zbek tili fidoyilari "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovi g‘olibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan uch asosiy yo‘nalishda o‘tkazilgan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida tashkillashtirilgan g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev ochib berdi va o‘zbek tilini rivojlantirish va bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi. Joylarda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor haqida misollar keltirdi.

Quvonarli jihati, tanlovning “Davlat tili ustuvorligini ta’minlagan eng namunali hudud” yo‘nalishida Shirin shahri g‘olib deb topildi.

Shuningdek, uchinchi yo‘nalish – “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” yo‘nalishida ishtirok etgan sirdaryolik Oxun Tursunov "Lotin alifbosida qulay yozish dasturi" bilan qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Marosimda tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish