Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Guliston” tibbiyot klasterini tashkil etish ishlari JSST ekspertlari ishtirokida tahlil qilindi
Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urta tizimi bilan bog‘liq tajriba-sinov ishlari Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarda yo‘lga qo‘yildi va aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi. 

Bundan tashqari bemorlarga yuqori malakali tibbiy xizmat turlarini ko‘rsatish, xizmat sifatini oshirish maqsadida Guliston shahrida "Guliston" tibbiyot klasterini tashkil etish, uni ishga tushirish choralari yakuniga yetib qoldi.

Ushbu ish ham nihoyasiga yetkazilgach, viloyatdagi 6 ta tibbiyot muassasa, ya’ni, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali, viloyat endokrinologiya dispanseri, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot hamda viloyat diagnostika markazlari, viloyat ko‘z kasalliklari hamda urush va mehnat faxriylari shifoxonalari “Guliston” tibbiyot klasteri tarkibiga o‘tkaziladi va ular bir joyda, yagona boshqaruv asosida faoliyatini boshlaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari viloyatga tashrif buyurib, ikki kun davomida tibbiyot klasterini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi. Joriy yil 26 oktabr kuni tashrif yakuni bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Sirdaryo filialida “Guliston” tibbiyot klasterini ishga tushirish, uning biznes rejasini yakuniga yetkazish va amalga oshirish uchun resurslarni safarbar etish yo‘llariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

Seminarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining konsultantlari Aleksandr Lourenso, Mafaten Shaouali, Mark Xellouell, Kristofer Xitspatrik, Yelena Soy, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari Zohid Ermatov, bo‘lim boshlig‘i Dilnoza Najmutdinova, Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev, boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda "Guliston" tibbiy klasteri tarkibiga kiruvchi tibbiyot muassasalari bosh vrachlari va bosh hisobchilari qatnashdi.

Ular ikki kunlik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha fikr almashish bilan bir qatorda davlat xususiy sherikchilik asosida xususiy tadbirkorga berilishi rejalashtirilgan Guliston shahridagi 1-oilaviy poliklinikaning biznes rejasini muhokama etdi.
Seminarda ishtirok etgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti konsultantlari sirdaryolik tibbiyot xodimlarga tibbiyot klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish borasida xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, zaruriy tavsiyalar berishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish