Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari – Sirdaryoda
O‘zbekistonda ilk bora davlat tibbiy sug‘urta tizimi bilan bog‘liq tajriba sinov ishlari joriy yilning 1 iyunidan Sirdaryoda boshlangan.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi o‘rnida Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish, uni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur ishlarning borishi, sohada murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar qanday joriy etilayotgani bilan tanishish maqsadida Sirdaryoga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari hamda davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi vakillari tashrif buyurdi.

Dastlab, ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida bo‘lib, markaz imkoniyatlari bilan tanishdi.

Bolalar jarrohlik va jarohatlar bo‘limi, Kattalar anesteziologiya-reanimatologiya bo‘limi, kardioterapevtik reanimatsiya bo‘limi, toksikologiya va ekstrakorporal tozalash bo‘limlarida bo‘lib, bu yerda bemorlarning davolanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Soha mutaxassislariga o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish