Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda davlat tibbiyot muassasalari yana to‘rttaga ko‘payadi
Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish turlari kun sayin ko‘payib, ko‘lami kengaymoqda. Muassasalar investitsiya dasturlari hisobiga yangi, zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar yana to‘rtta tibbiyot muassasasi investitsiya dasturi doirasida ta’mirlanib, foydalanishga topshiriladi. So‘nggi to‘rt yil ichida viloyatda investitsiya va “Obod qishloq” dasturlari doirasida qurilgan, rekonstruksiya qilingan va mukammal ta’mirlangan davlat tibbiyot muassasalari soni 79 taga yetadi. Buning uchun byudjetdan 158 milliard 23 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Viloyatning Mirzaobod tumanida joylashgan va loyiha qiymati 3 milliard 935 million so‘m bo‘lgan tuman tibbiyot birlashmasining 25 o‘rinli bolalar hamda 25 o‘rinli terapiya bo‘limlari, Xovos tumanida loyiha qiymati 4 milliard 237 million so‘mlik tuman sanitariya epidemologiya osoyishtalik xizmatining yangi binosi yil yakunida foydalanishga topshiriladi. Loyiha qiymati 9 milliard 300 million so‘mni tashkil etuvchi Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 63 o‘rinli davolash bo‘limi noyabr oyi so‘ngiga qadar foydalanishga topshirilsa, loyiha qiymati 1 milliard 813 million so‘m bo‘lgan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida qurilish, rekonstruksiya ishlari tugallanish arafasida.  

Shuningdek, Sirdaryo tumanida esa, loyiha qiymati 11 milliard 569 million so‘m bo‘lgan tuman tibbiyot birlashmasining 50 o‘rinli rejali jarrohlik, shoshilinch tez tibbiy yordam va reanimatsiya bo‘limi binosida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari kelgusi yilning apreliga qadar nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish