Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev xalqaro kuzatuvchilarni qabul qildi
Bugun Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Adnan Xabul va Benedikt Konteman xonimni qabul qildi. 

Qabul davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, Sirdaryo viloyatidagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, saylovga tayyorgarlik jarayonlari xususida muloqot olib borildi.

Viloyat hokimi mehmonlarga Sirdaryo viloyati haqida ma’lumot berarkan, vohaning qadim tarixidan tortib, keyingi to‘rt-besh yil ichidagi o‘zgarishlar, yaqingacha agrar hudud hisoblangan Sirdaryo bugungi kunda sanoatlashgan viloyatga aylanganligini ta’kidladi. Bunday yutuqlarga ko‘p millatli xalqimizning birdamligi, ahilligi, yakdilligi sababli erishilayotganligi, shuningdek, yurtimizda qo‘shni davlatlar hamda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar kun sayin mustahkamlanib borayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, bu yilgi saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Bugungi kunda viloyat hududida 284 ta saylov uchastkalari tuzilgan. Mazkur saylov uchastkalari aholi uchun qulay joy va binolarda joylashgan bo‘lib, ularda saylovni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Muloqotda kuzatuvchilar Sirdaryo viloyati va hududning beqiyos imkoniyatlari ularda katta qiziqish uyg‘otganini bildirib o‘tishdi. Shu asnoda xorijlik mehmonlar viloyat hokimi hamrohligida Guliston shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Ayniqsa, “Do‘stlik” kanali atrofida qad rostlayotgan "Tadbirkorlar va hunarmandlar xiyoboni"ni tomosha qilgan Benedikt Konteman xonim bu yerning manzarasi va yaratilayotgan sharoitlardan hayratda ekanligini yashirib o‘tirmadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish