

Dastlab, viloyatdagi barcha hududlar qamrab olingan holda 236 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda har bir mahallada 10 nafardan ortiq (jami 2 549 nafar) fuqarolar bilan ijtimoiy anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan so‘rovnomalarda 11 ta tuman (shahar)larda jami
2 785 nafar respodentlar ishtirok etib, erkaklar 1 515 nafar (54,4%), ayollar 1 270 nafar (45,6%)ni tashkil etdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qoniqish darajasi 66,0%ni (2020 yil yakunlari bo‘yicha 59,0% bo‘lgan) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 7,0%ga o‘sgan. Fuqarolarning qaysi sektorga mansubligi o‘rganilganda, 2 141 nafar (84%) fuqarolar o‘zi yashayotgan hududga biriktirilgan sektorni bilishligi, 407 nafar (16%) fuqarolar esa bunday ma’lumotdan bexabar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining qoniqish darajasi eng yuqori Shirin shahrida (88,8%), Xovos tumanida (72,9%), Guliston shahrida (72,1%), qoniqish darajasi eng past ko‘rsatkich esa Oqoltin tumanida (54,0%), Guliston tumanida (55,8%) va Sardoba tumanida (58,1%) qayd etildi. Bundan tashqari, aholining 6 ta sohada, jumladan, aholining transport xizmatlaridan 14%, avtomobil yo‘llari sifatidan 29,5%, uy-joy kommunal xizmatlaridan 14,7%, suv ta’minoti xizmatlaridan 16,8%, elektr energiyasi xizmatidan 7,9%, gaz ta’minotidan 20,6% qoniqmasligi aniqlangan.
Shunda ko‘ra, viloyatdagi sektor rahbarlari faoliyatlarining umumiy reytingida quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
Hududlardagi 1-sektor kesimida, ya’ni tuman (shahar) hokimlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Oqoltin va Xovos tumani hokimlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston tumani va Yangiyer shahar hokimlariga to‘g‘ri keladi.
2-sektor bo‘yicha esa eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Mirzaobod va Sirdaryo tuman prokurorlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Sayxunobod va Sardoba tuman prokurorlariga taalluqli.
3-sektorlarda eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Xovos va Boyovut tumani ichki ishlar bo‘limi boshliqlariga tegishli, eng past ko‘rsatkichlar esa Guliston va Oqoltin tuman IIB boshliqlariga tegishli bo‘lmoqda.
4-sektor rahbarlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin, Yangiyer shaharlari va Mirzaobod tuman inspeksiyalari boshliqlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston, va Boyovut tuman davlat soliq inspeksiyalariga tegishli hisoblanadi.
Viloyatdagi jami 44 ta sektorlar faoliyati yuzasidan tahlil qilinganda eng yaxshi natijalarni, ya’ni 1-5-o‘rinlarni Shirin shahar IIB boshlig‘i, Shirin shahar prokurori, Xovos tumani IIB boshlig‘i, Boyovut tumani IIB boshlig‘i, Oqoltin tumani hokimlari egallab turibdi.
Qoniqarsiz 5 ta sektorlar ro‘yxatida esa Boyovut tuman DSI boshlig‘i (40-o‘rin), Sardoba tuman prokurori (41-o‘rin), Sayxunobod tuman prokurori (42-o‘rin), Guliston tumani DSI boshlig‘i (43-o‘rin) va eng oxirgi o‘rinni Guliston tuman hokimi (44-o‘rin) egallagan.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi