Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining birinchi majlisi o‘tkazildi
Joriy yilning 9 iyul kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining birinchi majlisi o‘tkazildi. Unda Senat a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 16 iyundagi  farmonida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlili hamda Qo‘mitaning joriy yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasi muhokamasi hamda ekspertlar gurhi tarkibi tasdiqlandi.

Mamlakatimizdagi o‘zgarish va yangilanish jarayonlari, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini xalqimizga to‘g‘ri va to‘liq tushuntirish, milliy axborot makonini xolis va asosli maʼlumotlar bilan to‘yintirish zarurati axborot siyosati hamda ochiqlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarimizni yana-da faollashtirishni taqozo etmoqda.   

Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Farmon bilan ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yana-da oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shu jihatdan Senatda yangi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Qo‘mitaning asosiy yo‘nalishlari etib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring yuritish, axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot yoki axborotlarini eshitib borish belgilandi.

Unda Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish va kelgusi ish rejalari muhokamasi, shuningdek, Qo‘mita tarkibida jamoatchilik asosida soha mutaxassislaridan tarkib topgan ekcpertlar guruhi shakllantirildi.

Ahamiyatlisi, uning aʼzolarining aksariyati mamlakatimizdagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan tashkil topgan.

Majlisda ekspert guruhi aʼzolarining vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Endilikda ekspertlar qo‘mita bilan birgalikda axborot siyosati, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni  taʼminlash sohasida huquqiy boshqarish tizimining samaradorligini tahlil qilishda ilmiy-uslubiy va ekspert-tahliliy ko‘mak ko‘rsatish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, aholini qiziqtirgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, axborot siyosatidagi dolzarb muammolarga bo‘lgan munosabatlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini Qo‘mitaga taqdim etadi.

Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini mustaqil bayon etish va uning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Bundan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari yoki axborot xizmatlari rahbarlari (matbuot kotiblari) tegishlicha jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media sayohatlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda shaxsan axborot taqdim etib borishi bo‘yicha tahlilini olib borishga ko‘maklashadi.

Majlisda Qo‘mitaning 2021 yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

Qo‘mita nazorat tahlil faoliyatini olib borish yo‘nalishida O‘zbekistonning Internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tezkorligi shaffofligini taʼminlash, aholining Internet tarmoqlari orqali erkin axborot olish imkoniyatlarining holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axboroti eshitadi.

Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi holati o‘rganish bilan birga mazkur qonunni yangi tahrirda qabul qilishga takliflar ishlab chiqadi.

Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish