Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Eʼlon va tenderlar

 

 

Eʼlon: Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Joriy yilning 3-mart kuni soat 9:30 da «Tadbirkorlar va hunarmadlar markazi»da viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Guliston shahri, Guliston, Mirzaobod va Sayxunobod tumanlari tadbirkorlari bilan, soat 15:30da Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Yangiyer, Shirin shaharlari hamda Boyovut, Xovos tumanlari tadbirkorlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

02.03.2024.

 

 

 

 

Eʼlon

Viloyatdagi 14 ta obyektda bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi. Ushbu obyektlar atrofida Wi-Fi ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmog‘iga ulanish taklif etiladi.

21.02.2024.

 

 

Eʼlon

2023-yil 16-dekabr kuni viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilinadi.

Press-tur doirasida viloyat hokimining OAV vakillari bilan ochiq muloqoti ham o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: 67 225-23-69

14.12.2023.

 

 

O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida “Markaziy Osiyo” sanoat majmuasi quriladi

Qozog‘istonning Turkiston va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlarida quriladigan “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. 

Loyihaga ko‘ra, u yerda yopiq majmua bunyod etiladi, ishlab chiqarish va ulgurji savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 2030 yil majmuaning to‘liq ishga tushirilishi va tijorat maqsadlarida foydalanish davri sifatida belgilangan.

“Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish bilan birga, chegaradosh viloyatlarni yirik logistika markaziga aylantirishga xizmat qiladi.

17.02.2024.

 

 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish