– Tabiiyki, texnikalar vaqt-soati o‘tgach taʼmirtalab bo‘lib qoladi. Yengil avtomashinalar uchun ehtiyot qismlarini topsa bo‘ladi, – deydi tadbirkor Rustam Xolbekov. – Ammo Rossiya, Xitoy, AQSH va boshqa xorijiy davlatlardan keltirilgan qishloq xo‘jaligi, qurilish sanoatida foydalanilayotgan texnikalarning ehtiyot qismini topish anchayin muammo tug‘diradi. Bu muammo meni o‘yga toldirardi. Kasbim injener-texnikmasmi, qiziqishim bois mana shunday masʼuliyatli ishga qo‘l o‘rganman.
Rustam aka 1983 yilda Toshkent politexnika institutini mashinasozlik texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, Guliston tajriba taʼmirlash mashina zavodida injener-texnik bo‘lib ish boshlaganda 25 yoshda edi. Ishladi, yeldi, yugurdi, o‘quv jarayonida o‘rganganlarini amaliyotga joriy qildi. Uning bu ishi rahbarlarga maʼqul bo‘ldi chog‘i, kattagina zavodda injener-mexaniklikdan bosh muhandis vazifasiga tayinlashdi.
Keyinchalik zavod faoliyati tugatilib, unga qarashli ishlab chiqarish sexlari ishlab chiqaruvchilarga ijaraga berib yuborildi. Ana shunday vaqtda Rustam Xolbekov ham o‘zi ishlagan, mehr qo‘ygan zavodning bo‘sh turgan binolaridan birini ijaraga oldi va og‘ir sanoat texnikalari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bir nechta turdagi tokarlik va frezer stanoklarini o‘rnatib, shogirdlari bilan birgalikda og‘ir turdagi texnikalar uchun temir tishli g‘ildirak, har xil turdagi val(o‘q)larni ishlab chiqarishni boshlab yubordi.
– Zamon ortga emas, oldinga qarab ildamlaydi. Bundan o‘ttiz yillar oldingi texnikalar o‘rnini zamonaviy, ko‘p funksiyali texnikalar egallayapti. Modomiki yemirilmaydigan, muddati o‘tib ketmaydigan, yaʼni yaroqsiz holga kelib qolmaydigan texnikaning o‘zi yo‘q. 2007-yillarda to‘rt- besh turdagi ehtiyot qismlarni ishlab chiqargan bo‘lsak, bugunga kelib buyurtmaga qarab ishlab chiqarayotgan texnika qismlari turi soni 50 tadan oshib ketdi,–deydi suhbatdoshimiz.
Korxonaning asosiy buyurtmachilari "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ ga qarashli vagonlarni taʼmirlashga ixtisoslashgan «O‘zvagontaʼmir» korxonasi, Sirdaryodagi “Yo‘lreftrans” AJ, “Indorama Agro” MCHJ, "O‘zburg‘ulash", qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan agroklaster va qurilish sanoati korxonalari hisoblanadi.
Baʼzan katta miqdordagi ehtiyot qismlarga buyurtma kelib tushadi. Ana shunday vaqtda Rustam Xolbekov sakkiz nafar shogirdi bilan bu yumushni belgilangan vaqtdan ilgariroq bajarishga harakat qiladi. Shunga yarasha ish haqqi ham yomon emas. Shu o‘rinda yana bir gap, servis xizmati yo‘q texnikalarni qo‘ya turaylik, servis xizmati bor texnikalarga ham ehtiyot qism hadeganda topilavermaydi. Ana shunday vaqtda buyurtmachi Rossiya va Xitoy kabi davlatlardagi ishlab chiqaruvchi korxonaga murojaat qiladi. Ammo o‘sha ehtiyot qismning kelishiga baʼzan oylar ketadi. Bu esa bajarilishi lozim bo‘lgan yumushlarning oylab bajarilmay qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Ana shunday muammo esa Guliston shahrida bartaraf etilayapti. Buyurtma asosidagi ehtiyot qismlar moʻjaz korxonaning Enver Jonbozov, Aleksiy Keskin, Xurshid Yuldashev, Anvar Xudoyqulov kabi tajribali tokar va frezerovkachilar tomonidan nari borsa, ikki- uch kunda tayyorlanib, mijozlarga taqdim etilayapti.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi