Davlatimiz rahbarining «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida joriy yil yakuniga qadar viloyatimizda jamoat transporti parklari 40 ta yangi avtobuslar bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichda «Uchlik Ishonch Savdo» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning Yutong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 8 ta ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan ZK6890HG rusumli yangi avtobuslar olib kelindi.
Bugun ularni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Transport vazirligi masʼullari, tadbirkorlar, nuroniylar, deputatlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Yig‘ilganlar avtobuslarning texnik xususiyatlari va qulayliklari bilan tanishdi. 26 o‘rindiqli yangi jamoat transporti iqlimimizga mos sovitish va isitish vositalari, shuningdek, “GPS” tizimi va maxsus videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Salonda elektron to‘lov tizimini amalga oshirish qurilmasi ishlaydi.
Avtobuslarning viloyat markazidagi yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan, shuningdek, bir qator yangi yo‘nalishlarda qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada mavjud yo‘nalishlardagi qatnovlarning oraliq vaqti qisqaradi. Qolaversa, shaharning ichki sayyohlik jozibadorligi oshadi. Bundan tashqari 10 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi