Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryodagi Asaka Motors avtozavodida Hyundai avtomobillari ishlab chiqarila boshladi

“Asaka Motors International” kompaniyasi nufuzli avtokompaniyalardan biri bo‘lgan “Hyundai Motor Company” bilan uzoq muddatli hamkorlik kelishuviga erishdi.

Ayni vaqtda Sirdaryo tumanida joylashgan zavodda Elantra, Tucson, Sonata, Santa Fe, Palisade va Staria rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Avtomobillarni sotuvi, dilerlik markazlarni rivojlantirish va servis jarayonlari bilan “Astana Motors" shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Asaka Motors International” kompaniyasi dunyoda mashhur bo‘lgan “Opel”, “Fiat” va “Alfa Romeo” brendlarining O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutori bo‘lib, Xitoyning “EXEED” premium brendining ishlab chiqaruvchisidir.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish