Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Mehnat zafaringiz muborak bo‘lsin, aziz sirdaryolik g‘allakorlar!

Viloyatimiz g‘allakorlari 26-iyun holatiga mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib davlatga don sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan uddaladilar.

Joriy mavsumda 2 036 ta fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 75 ming gektar maydonga bug‘doyning “Asr”, “Andijon-2”, “Soberbash”, “Alekseich”, “Antonina”, va “Bezostaya-100” kabi saralangan navlari ekilib, sifatli parvarishlandi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan kuz-qishki va bahorgi agrotexnik tadbirlar natijasida dalalarda mo‘l hosil yaratildi.

O‘rim-yig‘im tadbirlari ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Buning uchun 121 ta o‘rim-yig‘im otryadi shakllantirildi va ularga 768 ta yuk avtomobili, 15 ta ko‘chma ustaxona, 50 ta yonilg‘i tashish vositalari biriktirildi. Davlatimiz xirmoniga jami 513 ming 729 tonna g‘alla yetkazib berilib, shartnomaviy reja 20 ish kunida bajarildi.

Yalpi xirmon salmoqli bo‘lishida Prezidentimizning sohada amalga oshirayotgan ilg‘or islohotlari, qolaversa, sirdaryolik mirishkorlarning yillar davomida to‘plagan tajribasini ilmiy asosda, uyg‘un olib borayotgani muhim omil bo‘ldi, deyish mumkin.

Sara bug‘doy hosilini yetishtirishda Guliston, Sardoba va Oqoltin tumanlari dehqon va fermerlari jonbozlik ko‘rsatdilar. Ayniqsa, “Shoyzoq ota”, “Mirishkor g‘allakor”, “Birdamlik”, “Ozodbek Fayzulla birligi” va “Abduazim Qo‘qonov” fermer xo‘jaliklari 80-100 sentner hosildorlikka erishib, barakali xirmon barpo etdilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish