Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi bo‘lg‘usi pedagoglar bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib, taʼlim jarayonlari, ilmiy va ijodiy ishlanmalar, amalga oshirilayotgan loyihalar, oliygohni rivojlantirishning ustuvor strategik yo‘nalishlari bilan tanishdi, professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Davlatimiz rahbari qaysi sohani isloh qilishga kirishsalar, avval kadrlar tayyorlashdan boshlaydilar. Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar taqdiri bugun ko‘p jihatdan ushbu dargohda taʼlim olayotgan bo‘lg‘usi pedagoglar tafakkuriga bog‘liq», — dedi viloyat hokimi professor-o‘qituvchilar bilan suhbati chog‘ida. Zamon juda tez, yoshlarimizning dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Uch-to‘rt yildan keyin sizlardagi bugungi bilim kamlik qiladi. Shuning uchun doim izlanishda bo‘lishingiz, o‘zingizga investitsiya qilishingiz kerak.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi ochiq va samimiy ruh o‘tdi. Talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari viloyat hokimi tomonidan alohida eʼtibor bilan qabul qilindi. Akmaljon Maxmudaliyev talabalarga ilmga intilish, o‘z ustida ishlash, xorijiy tillarni o‘rganish, milliy qadriyatlarni eʼzozlash, salbiy illatlardan saqlanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv so‘ngida o‘quv yili davomida aʼlo baholari va intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan, xalqaro hamda respublika darajasidagi tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish