Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Xitoyning "Taitong International Transport Co., Ltd" kompaniyasi rahbari Chi Suan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda Sirdaryo delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan dastlabki kelishuvlar, shu jumladan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viloyatimizda qurilishi rejalashtirilayotgan yirik multimodal logistika markazi loyihasida kompaniyaning ishtiroki muhokama qilindi.

Akmaljon Maxmudaliyev yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan katta ishonchi uchun Chi Suanga minnatdorchilik bildirdi va ushbu yangi loyihani hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Muzokara davomida bildirilgan takliflar asosida qo‘shma ishchi guruh tuzilib, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishga va birgalikda ish tashkil qilishga kelishildi.

Mehmonlar kunning ikkinchi yarimida logistika markazi qurilishi uchun taklif etilayotgan hududlar imkoniyatlarini o‘rgandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish