Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ravon yo‘llar qurilmoqda

Viloyatdagi umum foydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarining jami uzunligi 1 450 kilometr bo‘lib, shundan 259 kilometri xalqaro, 505 kilometri davlat, 686 kilometrini mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar tashkil etadi.

Ushbu yo‘llarni soz holatda saqlash, yangilarini qurish borasida keyingi yillarda katta hajmdagi taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari doimiy ravishda bajarib kelinadi.  

Ayni kunlarda esa xalqaro ahamiyatdagi A-373 “Guliston – Bo‘ka – Angren – O‘sh" avtomobil yo‘lining 26-29-kilometrlari oralig‘ida taʼmirlash ishlari jadal davom etmoqda. Bunga 10 ta maxsus texnika hamda 15 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish