Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirok etdi. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari videokonferens-aloqa orqali qatnashdilar.

Yig‘ilishda yil boshidan buyon hududda maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlar, bu borada Respublika ishchi guruhining 15-18 aprel kunlari o‘tkazgan o‘rganishlari natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Madaniyat va G‘aznachilik boshqarmalari, Axborot-kutubxona markazi, “Sirdaryo suvtaʼminot” MCHJ, “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbarlari qattiq ogohlantirildi. Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Guliston tumani bo‘linmasi rahbari lavozimidan ozod etildi, Xovos tumani va Guliston shahar bo‘linmalari rahbarlariga 1 oylik sinov muddati berildi.

Shuningdek, sohaga oid qarorlar ijrosini taʼminlash, hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish