Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi

Guliston shahar hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Dastlab o‘tgan haftada jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning hal etilish holati tanqidiy tahlil qilindi. Ijrosi kechikkan ayrim murojaatlar yuzasidan biriktirilgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.

Qabul davomida 30 ziyod murojaat va takliflar ro‘yxatga olinib, 14 tasi shu yerning o‘zida hal qilindi. 5 ta murojaat yuzasidan tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi, 11 tasi esa joyiga chiqqan holda o‘rganiladigan bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta murojaat amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli asoslantirilgan holda rad etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish