Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda aholisi eng tez o‘sayotgan hududlar maʼlum qilindi

 

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga viloyatning doimiy aholisi soni 917,9 ming kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,9 foizga ko‘p.

Qayd qilinishicha, yil boshidan buyon Guliston, Yangiyer shaharlari hamda Guliston tumanida boshqa hududlarga nisbatan aholi soni tezroq o‘sgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi:

● Guliston shahri — 3,2 foiz;

● Shirin shahri — 0,1 foiz;

● Yangiyer shahri — 2,7 foiz;

● Oqoltin tumani — 1,5 foiz;

● Boyovut tumani — 1,8 foiz;

● Sayhunobod tumani — 1,3 foiz;

● Guliston tumani — 2,1 foiz;

● Sardoba tumani — 1,5 foiz;

● Mirzaobod tumani — 1,9 foiz;

● Sirdaryo tumani — 1,8 foiz;

● Xovos tumani — 1,8 foiz.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish