Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qurilish ishlari hajmida ulushi eng yuqori hududlar maʼlum qilindi

2024-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 697,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 foizga oshgan.

Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi bo‘yicha Guliston shahri birinchi o‘rinni egallab turibdi – 28,7 foiz.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 26,3 foiz hamda 9,5 foizlik qurilish ishlari hajmi bilan Mirzaobod va Sirdaryo tumanlari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

● Guliston tumani – 5,8 foiz;

● Yangiyer shahri – 5,7 foiz;

● Sardoba tumani – 4,9 foiz;

● Sayxunobod tumani – 4,9 foiz;

● Xovos tumani – 4,5 foiz;

● Shirin shahri – 4,1 foiz;

● Boyovut tumani – 3,3 foiz;

● Oqoltin tumani – 2,3 foiz.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish