Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Elektr energiya narxi oshdi. Biroq...

Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali binosiga press-tur uyushtirildi. Unda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar filial faoliyati, viloyat aholisi va urgurji isteʼmolchilarga bir maromda, sifatli elektr energiya yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yil 1-maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

Press-tur doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumani mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. Filial direktori Yodgor Dehqonov, direktorning iqtisod va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamdam Tavbayev va ASKUE bo‘limi boshlig‘i Sodiqjon Berdibekovlar tomonidan aholi uchun belgilangan elektr energiyasi bir oylik isteʼmolining «bazaviy meʼyorlari» haqida atroflicha tushuntirish berildi.

— Albatta, elektr energiyasining narxi xalqning daromadi ko‘taradigan darajada bo‘lishi maqsadga muvofiq. Chunki qaror, avvalo, aholining farovonligi uchun xizmat qilishi kerak, – dedi S.Berdibekov. — Shuning uchun ham qarorda meʼyor belgilandi va bu qaror aholi uchun hech qanday moddiy zarar keltirmaydi. Aksincha, belgilangan tarifning 50 foizidan kam bo‘lgan miqdorda haq to‘lanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi bo‘yicha aholi uchun oylik bazaviy meʼyor 200 kVt soat etib belgilandi. Elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz qoldirildi (1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘m). Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun 1 oydagi isteʼmoldan kelib chiqib oyiga:

  • 200 kVt/soatgacha bo‘lgan qismiga 225 so‘mdan,

  • 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 450 so‘m,

  • 1001 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 675 so‘m,

  • 5001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 787,5 so‘m,

  • 10 000 kVt/soat va undan yuqori isteʼmol qilgan isteʼmolchilar uchun 900 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar (aholi) uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib oyiga:

  • 200 kVt/soatgacha 450 so‘mdan,

  • 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 900 so‘mdan,

  • 1001 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1350 so‘m,

  • 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1575 so‘m,

  • 10 000 kVt/soat va undan ortiq isteʼmol qiluvchilar uchun har bir kVt/soat uchun 1800 so‘m etib belgilanmoqda.  

Isteʼmolchilarning VI guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz, yaʼni bir kVt/soat uchun 900 so‘mdan bo‘lib qoladi.

Ishonamizkixalqimiz yangi qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda elektr energiyasi sarfini yana-da iqtisodi qilishga eʼtibor qaratib, bu borada behuda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydilar. Vaholonki, tejamkorlik davlat uchun ham, fuqarolar uchun ham faqat foyda keltiradi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish