Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Sayxunobod tumani Guliston mahallasida o‘tkazildi

Akmaljon Maxmudaliyev qabul avvalida ko‘rib chiqilmaydigan murojaatlar xususida to‘xtaldi.

"Ko‘p hollarda fuqarolar moddiy yordam so‘rashadi. Bir narsani tushunishingizni istardim. Albatta, yordam beramiz, homiy topamiz. Ammo, oilada boquvchisi yo‘q, nogiron kishilarga. Voyaga yetgan, ishga layoqatli, tomorqasi bo‘la turib foydalanmagan kishilarga yordam ko‘rsatmaymiz", - dedi hokim.

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari eshitilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirildi. Aksariyat muammolar tez fursatlarda yechim topadigan bo‘ldi.

Xususan, mahalladagi ayrim ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, temir-beton ustunlar o‘rnatish va transformatorni taʼmirlash, N.Mamatova va X.To‘rayevaning farzandlarini davolatish, T.Tashanovaning irrigatsiya yo‘nalishida o‘qigan o‘g‘lini ishga joylashtirish kabi masalalar shular jumlasidan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish