Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Akmaljon Maxmudaliyev bugun kunning birinchi yarmida «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi»da, kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlari hamda Boyovut, Mirzaobod, Guliston, Sayxunobod va Xovos tumanlaridan kelgan jami 80ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Muloqotda ishbilarmonlar so‘zga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va tuman, shahar hokimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topdi. Ayrim masalalar yuzasidan yuqori turuvchi vazirlik, idora va tashkilotlarga tegishli takliflar kiritilishi belgilab olindi.

Viloyat hokimi bunday ochiq muloqotni anʼanaga aylantirib, hududlarga chiqqan holda imkoni boricha tez-tez tashkil etilishi, uchrashuv vaqti va joyi haqida bir kun avval eʼlon berilishini maʼlum qildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish