Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Guliston shahar hokimligi "Yoshlar markazi" binosida viloyat hokimining tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda 30 nafardan ortiq tadbirkorning murojaat va takliflari tinglandi. Murojaatlarning salmoqli qismini kadastr, kredit, soliq imtiyozlari va subsidiya ajratish masalalari tashkil etdi. 9 ta murojaat shu yerning o‘zida qanoatlantirildi, 5 tasini yechimi bo‘yicha muddatlar belgilandi, 8 tasi bo‘yicha masʼul tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 6 ta murojaat nazoratga olindi.

Qabul davomida, shuningdek, 10dan ziyod fuqaroning muammolari ham mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish