Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.

Sessiyada viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev kun tartibidagi masala yuzasidan qilgan maʼruzasida tumanda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tanqidiy tahlil qildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Xatamov Musurmankul Abdumannonovichni tanishtirdi.

Musurmankul Xatamov 1986-yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

U faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Xatamov Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Muzokarada so‘zga chiqqanlar tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yana-da oshirishga hissa qo‘shishlarini taʼkidladilar.

Viloyat hokimining Xatamov Musurmankul Abdumannonovichni Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish