Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda "Mahalla yettiligi oyligi" eʼlon qilindi

Davlatimiz rahbarining sohaga oid farmon va qarorlari asosida keyingi yillarda mahallada boshqaruv tizimi o‘zgardi. Shuningdek, “mahalla yettiligi”dagi har bir xodimning vazifa va majburiyatlari, vakolatlari aniq belgilab berildi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, viloyat hokimining farmoyishi bilan mart oyi Sirdaryoda "Mahalla yettiligi oyligi", deb eʼlon qilindi. Mazkur oylik doirasida, hududlarda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Dastlabki seminar bugun Guliston shahar Ulug‘obod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi, shahar sektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, soha xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi hududda ishga solinmayotgan imkoniyatlar, bu boradagi sustkashliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Tomorqa yerlari ko‘p bo‘la turib, bor salohiyat daromadga aylanmayapti. Sababi mahallani “o‘sish nuqtasi”ni topish va ishga solish bo‘yicha “mahalla yettiligi”da tashabbus yetishmayapti. Masʼullar o‘z faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Faol nuroniylar, ko‘chaboshilar ko‘magida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Seminar doirasida, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, arzonlashtirilgan ko‘chat va urug‘lar savdosi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik, qolaversa, yoshlar ishtirokida turli maʼnaviy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik tadbirlar ham tashkil qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish