Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston shahriga hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi.

Hududdagi ahvol keskin tanqid qilingan sessiyada shaharning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mavjud qator muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sanab o‘tildi.

Xususan, aholi murojaatlarini hal etish, obodonlashtirish bo‘yicha ishlar qoniqarsizligi, shahar master rejasi oxiriga yetkazilmadi, eksport masalasida ahvol yomon ekanligi, ayniqsa qurilish ishlarida o‘zibilarchilikka yo‘l qo‘yilayotganligi keskin tanqid qilindi.

Viloyat hokimi Guliston shahar hokimi lavozimiga Xodjimanov Jamoliddin Xusnuddinovich nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori bilan u Guliston shahar hokimi etib tayinlandi.

Jamoliddin Xodjimanov 1987-yilda Sardoba tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. 2011-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit.

U mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida moliya va iqtisodiyot sohalarida turli tashkilotlarda masʼul vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish