Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Koreya kompaniyasi Sirdaryoda intensiv anor bog‘i va to‘rt yulduzli mehmonxona loyihasini amalga oshiradi
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Koreya-O‘zbekiston Biznes assotsiatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon hamrohligida viloyatimizga kelgan Koreyaning "Evervolution SO., LTD" kompaniyasi rahbari Jung Tayegunni qabul qildi.

Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yangi investitsion loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan Mirzaobod tumanida o‘zlashtirilmagan 280 gektar yer maydonda Koreya tajribasi asosida zamonaviy intensiv anor bog‘i barpo etish hamda Guliston shahri Shodlik mahallasida to‘rt yulduzli mehmonxona qurish loyihasi ishlab chiqilgan. Kompaniya buning uchun 10 mln dollardan ziyod sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Viloyat hokimi bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish ustuvor maqsad ekanini qayd etib, taklif etilayotgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Muzokaralar yakunida kelishuv memorandumi imzolandi. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda ish tashkil etilishiga kelishib olindi.

Bugunning o‘zida "Evervolution SO., LTD" kompaniyasi taʼsischiligida “Evervolution” MCHJ xorijiy korxonasi viloyatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qo‘shimcha ravishda aytish kerak, Sirdaryo viloyati delegatsiyasining 2023 yil dekabr oyida Koreyaga tashrifi davomida yuqorida qayd etilgan loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish