Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Eng ilg‘or xodimlar taqdirlandi

Har yili mamlakatimizda 4 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bugun ham erta tongdan ushbu sana munosabati bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat sektorlari va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hamda soha xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi boshqarma shaxsiy tarkibini bayram bilan qutlab, ayni kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xususan, vazirlikning viloyat boshqarmasi tizimida fidokorona mehnat qilayotgan xizmatchilarga alohida minnatdorlik bildirdi.

Samarali xizmatlari uchun bir guruh faol xodimlarga viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari, vazirlikning “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, esdalik qo‘l soatlari topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish