Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yangi kutubxonalar

Boyovut tumanida bahor oyining ilk kunlarida bir emas, ikkita moʻjaz kutubxona o‘z faoliyatini boshladi. Tumanning Tinchlik hamda Laylakko‘l mahallalarida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimlarida tuman hokimi, senator Dilfuza Uralova, tuman sektorlar rahbarlari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Dilfuza Uralova barchani yasharish va yangilanish fasli, bahor ayyomi bilan muborakbod etib, inson bilimni asosan kitob orqali olishi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanishi, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni o‘qiganda, ularning dunyoqarashi kengayib, hayotga munosabati o‘zgarishi haqida so‘z yuritdi.  

Tadbir ishtirokchilari ham kitobning inson hayotidagi o‘rni, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yana-da oshirishning ahamiyati haqida to‘xtalib, ushbu kutubxonalar  kelgusida kitobxonlarning eng sevimli maskani bo‘lishi haqida gapirdilar.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish