Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayyor qabul saboqlari: talab adolatli, iltimos o‘rinli bo‘lsin
«Inson qadri uchun». Bugun bu tamoyil shunchaki balandparvoz gap emas, davlat organlari oldiga qo‘yilgan eng asosiy talablardan biri, xalq bilan muloqot qilishning bosh g‘oyasiga aylandi.

Shu nuqtai nazardan, bugun viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Guliston shahar Ibratli mahallasida sayyor qabul o‘tkazib, aholining murojaatlarini tingladi.

E’tiborli jihati, bu galgi qabulda shaxsiy masalalardan ko‘ra, ko‘pchilik manfaatini ifodalovchi, jumladan, zovurlarni tozalash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, eski simyog‘ochlarni almashtirish, ichki yo‘llar ta’miri bilan bog‘liq murojaatlar salmoqliroq bo‘ldi. Shuningdek, faqatgina shikoyat emas, aksincha, mahalladagi o‘zgarishlar, aholi turmush farovonligi yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishga kelganlar ham bo‘ldi.

Murojaatlar mazmunidan xulosa qilish mumkinki, hozirda mahallalardagi eng muammoli masala – yo‘l. Chunki, bu muammo yillar davomida to‘planib qolgan va katta mablag‘ talab etadi.

Birgina quyidagi raqamlarga e’tibor bering: O‘tgan 2023 yilda “Ochiq byudjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasiga viloyat bo‘yicha jami 432 ta tashabbusli taklif kelib tushgan. Ovoz berish jarayonida salkam 28 ming kishi qatnashgan. Gʻolib bo‘lgan 31 ta loyihani moliyalashtirish uchun 20 mlrd 312 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Sayyor qabul shahar sektorlari rahbarlari va "mahalla yettiligi" uchun yaxshigina saboq bo‘ldi. Negaki, mahalladagi yer ostidan o‘tgan eski gaz quvuri o‘zboshimchalik bilan kesib ketilishi natijasida ichki yo‘llar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bu esa bolalarni maktabga borib kelishida qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Viloyat hokimi bundan mas’ullarning xabari bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. Bu borada nega e’tiborsizlik qilganini so‘radi. Akmaljon Maxmudaliyev o‘z mahallasidagi mummolarga e’tibor qaratmaydigan, xalq dardini eshitmaydigan "mahalla yettiligi"ni vazifasiga noloyiqligini aytdi.

Muhtasar aytganda, qabulga kelgan har bir murojaatchi eshitildi. Muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi, imkonsiz masalalarga rad javobi berildi.

Sayyor qabuldan so‘ng viloyat hokimi yangitdan qurilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ham borib ko‘rdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish