Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yil boshidan buyon belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 235 ta qoidabuzarlik aniqlandi

Viloyatda yil boshidan buyon belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 235 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Eng ko‘p qoidabuzarlik Guliston shahri (42), Mirzaobod tumani (25) va Shirin shahrida (24) aniqlangan bo‘lsa, eng kam qoidabuzarlik Yangiyer shahrida (9) qayd etilgan.

Boshqa hududlarda qoidabuzarliklar soni:

● Sayxunobod tumani - 10 ta;

● Sirdaryo tumani - 20 ta;

● Xovos tumani - 23 ta;

● Sardoba tumani - 29 ta;

● Boyovut tumani - 16 ta;

● Oqoltin tumani - 17 ta;

● Guliston tumani - 20 ta.

Holatlar bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 90 million 270 ming so‘m jarima belgilangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish