Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xovosda nogironligi bo‘lgan ayollarni kasbga o‘qitish markazi tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yana-da kengaytirish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Xovos tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi negizida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash markazi tashkil etilmoqda.

Buning uchun 4 ta xona ajratilib, 100 ta zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlandi.

Qayd etilishicha, 1 oylik o‘quv kursini tamomlagan, mustaqil ravishda tikuvchilik qila oladigan ayollar mahalliy tadbirkorlarga biriktiriladi. Shu orqali ularning bandligi taʼminlanadi.

Kelgusida markazda qo‘shimcha yo‘nalishlar ham tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

#ijtimoiyhimoya

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish