Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryolik sportchi Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi

Eron poytaxti Tehron shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati boshlandi.

Qitʼa birinchiligini O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi.

Chempionatning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bahsida boyovutlik Malika Nasriddinova 15,42 metr natija ko‘rsatdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 17,65 metr ko‘rsatkich bilan  Yuye Sun (Xitoy), 2-o‘rinni 15,42 metr ko‘rsatkich bilan Malika Nasriddinova (O‘zbekiston), 3-o‘rinni 14,27 metr ko‘rsatkich bilan Elham Hoshimi (Eron) qo‘lga kiritdi.

Viloyat sport boshqarmasidan maʼlum qilishicha, Malika Nasriddinova Parij olimpiadasiga nomzod sportchi hisoblanadi.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish