Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda

O‘zbekiston o‘tgan chorak asrning eng katta iqtisodiy kashfiyoti Xitoyni o‘ziga strategik sherik, deb biladi. Xitoy tomoni ham xuddi shundek. Fatktlarga asoslanadigan bo‘lsak ikkala mamlakatning bir biriga intilishi sabab 2023-yilda birgina Sirdaryo viloyatida Xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 2,1 mlrd dollar bo‘lgan 64 ta yangi loyihalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etildi.

Yangi yilda hamkorlik istiqbollari nimalarda aks etadi? Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga bu galgi tashrifi ushbu savollarga oydinlik kiritadi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoy xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Delegatsiya aʼzolari belgilangan tashrif dasturiga muvofiq 20-26 yanvar kunlari qator sanoatlashgan hududlarda bo‘lib, rasmiylar va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ular Guandun provinsiyasi Shenjen shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi.

Delegatsiyamiz bugun Chjeszyan provinsiyasi maʼmuriyati, provinsiyaning Komersiya aloqalari Adminstratsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari, jumladan, ikki tomonlama savdo aylanmasini yana-da oshirish, yashil iqtisodiyot, tarmoqlarga yangi innovatsiyalar, zamonaviy “Nou-hau”larni keng joriy etish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida almashinuvlarni rivojlantirish muhim ekanligi taʼkidlandi.

Sirdaryo tomoni yangi g‘oyalar, tashabbuslar uchun viloyatga ko‘proq investitsiyalarni jalb qilish istagida bo‘lsa, xitoylik hamkorlarning o‘ziga tortayotgan narsa hududda investorlarga taqdim qilinayotgan imkoniyatu imtiyozlar paketi. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi, ishbilarmonlik muhitidagi ijobiy o‘zgarishlar shu kuni Xitoy rasmiylari va tadbirkorlari tomonidan bot-bot eʼtirof etildi.

Viloyatimiz vakillari Xanchjoudagi Dayu Road boshlang‘ich maktabi va uy jihozlari sanoatida yetakchi bo‘lgan “KUKA Home Furnishing” kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Dayu Road boshlang‘ich maktabi 2011-yilda tashkil qilingan bo‘lib, unda 36 ta sinf, boy kitoblar to‘plamiga ega kutubxona va ilg‘or kampus tarmog‘i tizimi mavjud.

Mebel giganti sifatida tanilgan, to‘rt mingdan ziyod do‘konlariga ega KUKA kompaniyasi mahsulotlari dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalariga eksport qilinmoqda.

Zamonaviy maktab tajribasi hamda mebel ishlab chiqarishdagi sanoat innovatsiyasi kelgusida Sirdaryoda joriy etilishi mumkin. Viloyat masʼullari bu borada taklif berishdi. Xitoylik hamkorlar ham bunga xayrixoh. Xullas, Xitoy safari Sirdaryo ham tomonlama yana-da rivojlanishida muhim omil bo‘lishi kutilmoqda. Sirdaryo viloyati delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish