Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Sirdaryo viloyati kengashining ilk tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xabarlaringiz bor, Prezidentimiz raisligida 2023-yil 26-sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallabay ishlash tizimini yana-da kuchaytirish, mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrda sohaga oid tegishli farmon va qarori imzolandi. Mazkur hujjatlar bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ga ko‘ra, mahallalarni qo‘llab-quvvatlash hududiy kengashlarining tashkiliy yig‘ilishlari hamda O‘zbekiston mahallalari Uyushmasining taʼsis Konferensiyasini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 12-yanvar kuni shahar va tumanlarda o‘tgan tashkiliy yig‘ilishlarda viloyatdagi mavjud 239 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari orasidan 36 nafar vakil viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegat sifatida saylandi.

Bugun “Yoshlar markazi”da viloyat kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat kengashi raisi Akmaljon Maxmudaliyev olib bordi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so‘z olgan viloyat rahbari Davlatimiz rahbarining PF-209 son Farmoni hamda PQ-402 son qarori, uning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu qonunchilik hujjatlari mahalla tizimidagi bir qator masalalarga yechim bo‘lgani taʼkidlandi.

Yig‘ilish davomida mahalla tizimi xodimlarning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya, bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarning taʼsirchanligini oshirish bo‘yicha ko‘plab taklif va tashabbuslar bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston mahallalari Uyushmasi taʼsis Konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar saylandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish