Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari qatnashishdi.

Viloyat hokimi, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Akmaljon Maxmudaliyev hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada erishilayotgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi. Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi 20 ta idora va tashkilotlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2021-2023-yillar davomida viloyatda 11 ta “Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari”ni barpo etish belgilangan bo‘lib, ayni vaqtda ularning barchasi foydalanishga topshirilgan. Biroq Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Boyovut tumanlari hamda Guliston shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari yetarlicha xonalar, moddiy-texnik baza va zarur mebel jihozlari bilan taʼminlanmagan.

Taʼkidlanishicha, viloyatda jinoyatlar soni 2023-yilning 8 oyi davomida 121 taga, Shirinda 9 taBoyovutda 7 taga oshgan. Xotin-qizlar tomonidan 129 ta jinoyatlar qayd etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 88 taga ko‘p. Oilaviy ajrimlar soni joriy yilning 6 oyi davomida 936 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 taga kamaygan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda Guliston shahrida ajrimlar soni ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Yig‘ilishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan “Yo‘l xarita"si ijrosi ham tahlil qilinib, bu borada masʼullarda tashabbuskorlik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Topshiriqlar ijrosini to‘liq taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. Maʼnaviyat masalasi barcha darajadagi rahbarlarning muhim vazifasi bo‘lishi kerakligi yana bir bor uqtirildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hududlar rahbarlari va tegishli masʼullarning hisoboti tinglandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish