Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Osiyo hamda Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirladi

Guliston shahridagi "Yoshlar markazi"da Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo hamda IV paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etib, sportchilarni tabrikladi va keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

➖Oltin medal uchun sportchiga 40 million, murabbiyga 10 million so‘m;

➖Kumush medal uchun sportchiga 30 million, murabbiyga 7 million so‘m;

➖Bronza medal uchun sportchiga 25 million, murabbiyga 5 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarida viloyatimizdan 7 ta sport turi bo‘yicha 23 nafar sportchi ishtirok etib, 11 ta medal (4 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza)ni, Paraosiyo o‘yinlarida 10 nafar sirdaryolik para sportchi 3 ta sport turi bo‘yicha 7 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza)ni qo‘lga kiritgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish