Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston shahridagi “Farovon” tantanalar uyida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

BMT tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Bugungi tadbir ushbu sana arafasida imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni yana bir bor qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Afg‘onchilar birlashmasi, Chernobilchilar assotsiatsiyasi hamda Nogiron bolalar va ularning ota-onalari uyushmasining 200 nafardan ziyod aʼzolari taklif etilgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev hamda sektorlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, shuning barobarida amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash turganligi, taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolgan yurtdoshlarimiz doimiy mehr va eʼtiborda ekanliklarini qayd etdi.

Imkoniyati cheklangan zamondoshlarimiz o‘zlarining matonatli mehnati, shukronalik fazilatlari bilan qolganlarga o‘rnak bo‘layotgani taʼkidlandi.

Ishtirokchilarga sovg‘alar, eshitish moslamasi va nogironlik aravachalari topshirildi. Tadbir sanʼatkorlarning kuy-qo‘shiqlariga ulanib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish